опубликованный 1 year тому назад в Узбекский

Xurshid Rasulov - Suymagan yor bilan yashamoq qiyin | Хуршид Расулов - Суймаган ёр билан яшамоқ қийин

  • 20
  • 0
  • 0
  • 0
  • 0
  • 1

Xurshid Rasulov - Suymagan yor bilan yashamoq qiyin taronasini onlayn tinglash va yuklab olish

Текст песни

Sen mehr bersang-u, ko'ngli bo'lsa tor
Yuraging alamdan bo'shamoq qiyin,
Dunyoda o'limdan og'ir narsa bor
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin.
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin

Shum taqdir boshingni bog'lab qo'yarkan,
Gul berib dimog'ing chog'lab qo'yarkan,
Tikoni qalbingni dog'lab qo'yarkan,
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin.
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin

Eng yuksak cho'qqiga yetsa bo'ladi,
Shamolni qo'lidan tutsa bo'ladi,
Darddan ham voz kechib ketsa bo'ladi,
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin.
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin

Tog'ni talqon qildi sevgi deb Farhod,
Bir Layli tufayli cho'l bo'ldi obod,
Hech kimni boshiga tushmasin hayhot,
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin.
Suvga g'arq bo'lmoq soz yo o'tda yonmoq,
Balki dor ostida mumkin quvonmoq,
Bu qanday azobdir, bu qanday qiynoq,
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin.
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin

Suymagan yor bilan yashamoq qiyin
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin

:
/ :

Очередь

Очистить